AsosiyDunyo

Yun Sok Yol lavozimidan butunlay chetlatildi

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yunga nisbatan impichmentni tasdiqladi. Mamlakatda 60 kun ichida yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

'Yun Sok Yol lavozimidan butunlay chetlatildi'ning rasmi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy o‘tib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Konstitutsiyaviy sud uning impichmenti haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda “BBC” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yunga qarshi impichmentni qo‘llab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular hukm chiqarish vaqti prezident o‘z qarori bilan konstitutsiya, qonun ustuvorligi va demokratiya tamoyillarini buzganini ta’kidlagan. 

Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi kerak.

Ma’lumot uchun, 2024-yilning dekabrida Yun mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga muvaffaqiyatsiz uringan edi. Shundan so‘ng parlament uni isyonga urinishda ayblab, davlat rahbariga impichment e’lon qilgan. 

U vazifasidan chetlatilgan, ammo uni lavozimidan butunlay chetlatish uchun Konstitutsiyaviy sudning qarori kerak edi. Bu vaqt davomida Yun Sok Yol rasman Janubiy Koreya prezidenti bo‘lib qolgan.

U isyonga urinish ayblovlarini rad etgan va “siyosiy jihatdan tekshirilgan qarori” davlatni muxolifatdan himoya qilish uchun qabul qilinganini aytgan. Uning advokatlari Konstitutsiyaviy suddagi jarayon “noqonuniy va adolatsiz” bo‘lganini bildirgan. Mart oyida sud prezident Yun Sok Yolni hibsdan ozod qilib, unga qarshi hibsga olish orderini bekor qilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Inson a'zolari savdosida gumonlanuvchi ukrainalik ayol Qozog'istonga ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo 24.12.2025 16:51

    Inson a'zolari savdosida gumonlanuvchi ukrainalik ayol Qozog'istonga ekstraditsiya qilindi

    Xalqaro jinoyiy guruh faoliyati oqibatida bir qator davlatlar, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari ham jabrlanganligi maʼlum qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon rahbari bilan telefonda gaplashdi'ning rasmi

    Dunyo 24.12.2025 14:07

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon rahbari bilan telefonda gaplashdi

    Oʻzbekiston va Ozarbayjon etakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.

    'Putin Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

    Dunyo 24.12.2025 13:11

    Putin Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    Россия Президенти Владимир Путин бугун, 24 декабрь куни Озарбайжон Президенти Илҳом Алиевни туғилган куни билан муборакбод этди.

    'Turkiyada samolyot qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 24.12.2025 10:12

    Turkiyada samolyot qulab tushdi

    Hodisa ortidan Liviya armiyasi bosh shtabi rahbari vafot etdi.

    'Россияда ҳалок бўлган тоҷикистонлик боланинг онасига уй берилди'ning rasmi

    Dunyo 23.12.2025 16:08

    'Norvegiya Rossiya tahdidi fonida evakuatsiya rejasini ishlab chiqmoqda'ning rasmi

    Dunyo 23.12.2025 15:04

    Norvegiya Rossiya tahdidi fonida evakuatsiya rejasini ishlab chiqmoqda

    Hukumat ehtimoliy harbiy xavf sharoitida tinch aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish choralarini rejalashtirmoqda.