AsosiyJamiyat

Ko‘kdalaliklar tarvuzni erta pishirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Tarvuz yetishtirgan dehqon bu hosil shunchaki tajriba sifatida bir nechta dona yetishtirilgani qayd etdi.

'Ko‘kdalaliklar tarvuzni erta pishirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida tarvuz pishdi. Bu haqda Ko‘kdala tumani matbuot xizmati xabar berdi.

Tarvuzning ramziy vatani hisoblangan Ko‘kdala tumanida bu yil rekord yangilandi.

Tumanda o‘tgan yillar tarvuz 17 aprelda yetishtirilgan bo‘lsa, bu gal rekord yanada muddatidan avvalroq o‘rnatildi.

Tarvuz yetishtirgan dehqon Solih Jumanazarov bu hosil shunchaki tajriba sifatida bir nechta dona yetishtirilganini, ommaviy sotish va bozorga hosil yetkazish uchun qolgan tarvuzlar pishib, yetilishiga taxminan 15 kunlar muddat borligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun ushbu tumanda 20 ming gektardan ortiq maydonga tarvuz ekilgan.

    Boshqa yangiliklar