AsosiyDunyo

AQSHda Tramp va Maskka qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Tashkilotchilar 50 ta shtat va Kolumbiya okrugida miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

'AQSHda Tramp va Maskka qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda'ning rasmi

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati siyosatiga va AQSH Hukumat Samaradorlik Departamentini (DOGE) nazorat qiluvchi Ilon Maskning harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashkilotchilar barcha 50 shtat va Kolumbiya okrugida 1400 dan ortiq miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Qo‘lingni tort” (“Hands off!”) shiori ostidagi norozilik namoyishlari faollar “dushmanlarcha egallab olish” deb ataydigan narsaga javobdir. Namoyishlar shtat qonunchilik binolari, federal muassasalar, kongress idoralari va shahar ma’muriyatlari oldida bo‘lib o‘tmoqda.

Namoyishchilar soni ochiqlanmagan, biroq CNN telekanali namoyishga 600 mingga yaqin odam ro‘yxatdan o‘tganini bildirmoqda.

Namoyishchilarning asosiy talablari orasida “milliarder hokimiyatni tortib olish” va Tramp ma’muriyatidagi korrupsiyaga chek qo‘yish, Medicaid va Social Security (sog‘liqni saqlash va tibbiy sug‘urta dasturlari) uchun mablag‘ni saqlab qolish, immigrantlar va transgenderlarga qarshi hujumlarni to‘xtatish kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp nega Rossiyaga qo‘shimcha bojlar kiritmadi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:08

    Tramp nega Rossiyaga qo‘shimcha bojlar kiritmadi?

    Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri bilan bo‘lgan uchrashuv davomida nima uchun Rossiyaga boj tariflarini o‘rnatmagani haqida gapirgan.

    'Tramp Tehronga “katta xavf” tug‘dirishi bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:09

    Tramp Tehronga “katta xavf” tug‘dirishi bilan tahdid qildi

    Avvalroq Tramp, agar Tehron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan voz kechsa, "ko‘rilmagan" bombardimonlarni boshlashini va’da qilgan edi.

    'Madridda yarim marafonda qatnashgan ikki kishi vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:32

    Madridda yarim marafonda qatnashgan ikki kishi vafot etdi

    Mazkur marafonda jami 27 ming kishi ishtirok etgan, 50 nafar sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

    'Tramp Xitoyni 50 foizlik yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:32

    Tramp Xitoyni 50 foizlik yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda

    Bunday holatda Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga umumiy boj stavkasi 104 foizga yetadi.

    'Rossiyada Instagram va Facebook reklamalariga rasmiy taqiq qo‘yildi'ning rasmi

    Dunyo 07.04.2025 22:52

    Rossiyada Instagram va Facebook reklamalariga rasmiy taqiq qo‘yildi

    Putin Meta platformalarida reklamani taqiqlovchi qonunni imzoladi.

    'Tramp qo‘llagan tariflar sabab birjalar qulamoqda'ning rasmi

    Dunyo 07.04.2025 11:06

    Tramp qo‘llagan tariflar sabab birjalar qulamoqda

    Osiyo va Avstraliyadagi birjalarda aksiyalar arzonlashdi. Yapon mashinalari va texnologiya kompaniyalari eng katta yo‘qotishga uchradi.