AsosiyJamiyat

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi. 2024 yilgi 2-mavsumda ham g‘olib chiqqan 826 ta mahalla bu mavsumda takroran g‘olib deb topildi.

'“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi.'ning rasmi

“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi.

Joriy yilgi 1-mavsumda 2 011 ta mahalla g‘olib bo‘ldi, shundan 329 tasi ilk bor. 2024 yilgi 2-mavsumda ham g‘olib chiqqan 826 ta mahalla bu mavsumda takroran g‘olib deb topildi.

Shu sababli, ushbu mahallalar 2025 yilgi 2-mavsum va 2026 yilgi 1-mavsumlarda tanaffus oladi.

Bu mahallalar va ulardagi maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa tashkilotlar mazkur mavsumlarda loyiha bilan qatnasholmaydi.

Tanaffus beriladigan mahallalar ro‘yxati “Ochiq budjet” portalida e’lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar