AsosiyJamiyat

“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning “Sila sveta” kompaniyasi va hamkor tashkilotlar, olimlar hamda mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

'“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyasi markazning tashrif qog‘ozi bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yig‘ilganlarga markazning “Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans” bo‘limini yaratishda jiddiy e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi:

– “Yangi O‘zbekiston –Yangi Renessans” bo‘limi markazning tashrif qog‘ozi bo‘ladi. Shuning uchun ham mahalliy mutaxassislardan sohalariga sidqidildan yondoshishlari so‘ralib, hamkor tashkilot vakillariga o‘zlarining loyihalarini puxta va mukammal shaklda taqdim etilishida e’tibor qaratishlari lozim. 

Shuningdek, uchrashuvda “Sila sveta” kompaniyasi asoschisi Aleksandr Us, kompaniya ijodiy direktori Boris Kislitsin yig‘ilganlarga o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Nufuzli kompaniya vakillari ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. 

Markaz katta ilmiy xodimi Obidjon Tangirov har bir eksponatni muzeylashtirish va bu jarayonlarni hujjatlashtirish bo‘yicha texnik topshiriqlar, loyihalarni moliyalashtirish tartiblari haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

“Sila sveta” kompaniyasi “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” ekspozitsiyasi uchun immersiv shou loyihasini taklif qilmoqda. Ushbu shou orqali Yangi O‘zbekistondagi ilmiy va madaniy taraqqiyot, zamonaviy islohotlar va bunyodkorlik ishlari innovatsion usullarda namoyish etiladi. Shou orqali O‘zbekistonning ilmiy yutuqlari va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar aks ettirilishi ko‘zda tutilgan. 

Uchrashuv davomida loyihalarning bajarilish tartiblari, unda ahamiyat qaratilishi kerak bo‘lgan mazmun, mohiyat va texnik yechimlar muhokama qilindi. Markazni mazmunan boyitish bo‘yicha zarur taklif va mulohazalar bildirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02