AsosiyJamiyat

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Toshkentda elektromobil yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 10-aprel kuni Toshkent shahrida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea ertalab soat 07:30 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Furqat ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 07:35 da yetib borib, yong‘in soat 08:28 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida, halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar