AsosiyJamiyat

Barcha davlat xizmatchilariga yagona oylik to‘lovlari joriy qilinishi mumkin

Hukumat qarori bilan 2025-2030 yillarda davlat fuqarolik xizmatchilarining lavozim maoshlarini yagona prinsip asosida shakllantirish ko‘zda tutilmoqda.

'Barcha davlat xizmatchilariga yagona oylik to‘lovlari joriy qilinishi mumkin'ning rasmi

Hukumat qarori (210-son, 08.04.2025 y.) bilan “2025-2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi” tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, budjet barqarorligini ta’minlash va intizomini kuchaytirish orqali budjet taqchilligini qisqartirib borish, budjet ochiqligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini yaxshilash va uning samaradorligini yanada oshirish, budjet xarajatlari natijadorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish va Davlat budjeti likvidliligini oshirish Strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi, jumladan:

  • budjet intizomini ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish;
  • o‘rta muddatli budjetlashtirishda strategik ustuvorlikni ta’minlash;
  • davlat xarajatlari va investitsilarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish.

Strategiyani amalga oshirish davri 2025 yildan 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasida 16 ta maqsad belgilab olingan.

Shuningdek, mazkur maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni ta’minlovchi vazifalar va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02