O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasining raisi lavozimidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 dekabrdagi PF-4864-son farmoniga muvofiq ozod etilgan Elmira Basitxanova o`rniga yangi rahbar tayinlandi.
O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi raisi, pedagogika fanlari nomzodi Narbaeva Tanzila Kamalovna Bosh vazir o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga rasmiy manba xabar berdi.