AsosiyJamiyat

Rasul Kusherbayev Yangiyo‘l IIBda sababsiz bir necha soat ushlab turildi

Sobiq deputat holatga Ichki ishlar vaziri izoh berishini so‘rayapti.

'Rasul Kusherbayev Yangiyo‘l IIBda sababsiz bir necha soat ushlab turildi'ning rasmi

Rasul Kusherbayev Yangiyo‘l IIBga chaqirilib, sababsiz bir necha soat ushlab turilgan. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi va Ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘lladi

"Yangi Ichki ishlar vaziri(sobiq Yangiyo‘l IIB boshlig‘i)dan izoh kutamiz... 

Kecha maslahatlashish baxonasida Yangiyo‘l tumani IIBga chaqirilib, bir necha soat ushlab turildim. Ustimdan asossiz ariza berilgan. Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyo‘lda emas. Biroq nega Yangiyo‘l IIB bu ish bilan shug‘ullanayotgani tushunarsiz. 

Qizig‘i qancha tushuntirishlarimga qaramay ish uchun ahamiyati bo‘lmasa-da mobil telefonim olib qo‘yildi. 

Maqsad telefonni olish vassalom. Bunisi esa tushunarli. Kimlargadir telefonim kerak bo‘layapti. Kimlarga ekani ma’lum, buni boshqalar ham fahmlagan bo‘lsa kerak...

Hammasi xolis va qonuniy bo‘lsaku mayli. Biroq bir safar telefonimni xodimlarga qoldirganimdan so‘ng, ancha vaqtgacha kontaktimdagi insonlardan e’tiroz eshitishimga to‘g‘ri kelgan. Men bexabar ularga meni akkauntlarim orqali noqonuniy, ahloqsiz materiallar yuborilgan...

Yana bir jihati, shu kunlarda xatto qo‘shnilarimdan ham IIB xodimlarining men haqimda yashirin va shubhali surishtiruvlar olib borishayotgani, ma’lumotlar to‘plashayotgani ham tushunarsiz. 

To‘g‘risi men bu ishlarni tushunmayapman, lekin Yangiyo‘l tumani IIBning sobiq boshlig‘i, hozirda esa Ichki ishlarning yangi vaziri hurmatli Aziz To‘shpo‘latov tushunsalar kerak. 

Chunki bu ishlar negadir ularning vazir lavozimiga kelishlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Hurmatli vazirimizdan izoh kutamiz, " - deb yozadi Kusherbayev. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada erkak tushi sabab ayolini o‘ldirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:14

    Farg‘onada erkak tushi sabab ayolini o‘ldirdi

    U uxlab yotgan xotinini 13 marta pichoqlagan. Erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

    'Toshkentda IIBga chaqirilgan erkak qiynoqqa solindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:06

    Toshkentda IIBga chaqirilgan erkak qiynoqqa solindi

    Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

    'Xonanda Rayhon jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:16

    Xonanda Rayhon jarimaga tortildi

    U mualliflik huquqini buzib, shoirning ruxsatisiz uning she’ridan foydalangan.

    'Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:25

    Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi

    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"da bu borada so‘z boradi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:24