AsosiyDunyo

Xitoy yadrosiz vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy olimlari ikki kilogrammli yadroviy bo‘lmagan vodorod bombasini portlatdi.

'Xitoy yadrosiz vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi'ning rasmi

Xitoy olimlari yadroviy komponentlardan foydalanmagan holda vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Bu haqda “Медуза” nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ikki kilogrammli qurilma 1000 daraja selsiydan yuqori haroratda olovli shar hosil qilgan va bu holat ikki soniyadan ortiq davom etgan. Bu “trotil”ga teng massadagi portlashga qaraganda 15 baravar uzoq davom etganini bildiradi.

Mazkur portlovchi qurilma Xitoy Davlat kema qurilishi korporatsiyasining (CSSC) tarkibiga kiruvchi 705-ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu institut suvosti qurollarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

    Boshqa yangiliklar