Ukrainadagi urush to‘xtashi mumkinmi? AQSh yetakchisi Donald Tramp bunga ishonmoqda. U o‘zining “Truth Social” platformasida yaqin kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuv bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina bu hafta shartnoma tuzadi. Keyin ikkalasi ham Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan katta biznes qilishni boshlaydi, — deb yozdi u.
Trampning bu bayonoti Rossiya Pasxa oldidan e’lon qilgan qisqa muddatli sulh fonida yangradi. 12 aprel kuni Prezident Vladimir Putin 19 aprel soat 6:00 dan boshlab harbiy harakatlarni to‘xtatishga buyruq bergan edi.
Putin Kievni ham shunga chaqirdi. Ammo bu sulh bir necha kun ichida yakuniga yetdi va Rossiya uni uzaytirish niyatida emasligini Dmitriy Peskov orqali bildirildi.