AsosiyDunyo

Rim Papasi vafot etdi

Katoliklarning ishonishicha, qadimgi bitiklarga ko‘ra, Papaning o‘limidan keyin qiyomat boshlanadi va Iso Masih ikkinchi marta Yerga tushadi.

'Rim Papasi vafot etdi'ning rasmi

Rim Papasi Fransisk vafot etdi — Vatikan tasdiqladi.

Bugun, 21 aprel kuni katolik dunyosining yuragi yana g‘amga botdi: 88 yoshli Rim Papasi Fransisk bugun tongda Vatikanda vafot etdi. Bu haqda birinchi bo‘lib Reuters agentligi Vatikanga tayanilgan holda xabar berdi.

Papa Fransisk joriy yilning yanvar oyida og‘ir kasallik — ikki tomonlama pnevmoniya bilan og‘rigan va Rimdagi “Djemelli” klinikasida 38 kun davolangan edi. Kasalxonadagi shifokorlar uning holatini bir necha bor “og'ir” deya baholagan edi.

Shu bilan birga, umid uchquni 23 fevral kuni paydo bo‘ldi: o‘sha kuni Papa birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi. U bemorxona palatasining balkonidan nasroniylarga murojaat qilib, duo so‘ragan va quvvat bilan so‘zlagan edi. Uning ovozi hanuz zaif, ammo qalbida umid bor edi.

Papa Fransisk — argentinalik Xorxe Mario Bergolio — 2013 yildan buyon Papa lavozimida ishlagan va tarixdagi ilk lotinamerikalik, shuningdek, ilk iyezuit Papa sifatida katolik olamida muhim iz qoldirgan shaxsdir. U islohotchi, kamtar va xalqqa yaqin Papa sifatida tanilgan, ko‘plab dolzarb mavzularda, jumladan muhojirlar, iqlim o‘zgarishi, va ijtimoiy tenglik masalalarida.qat’iy bayonotlar bergan, 

Papaning vafoti Vatikanda 9 kunlik motamni boshlaydi. Bu muddat davomida “interregnum” — ya’ni Papasiz qolgan payt davom etadi va keyingi Papani saylash uchun kardinallar yig‘ilishi — Konklav chaqiriladi.

Katoliklarning ishonishicha, qadimgi bitiklarga ko‘ra, ushbu Papaning o‘limidan keyin qiyomat boshlanadi va Iso Masih ikkinchi marta Yerga tushadi"

Papaning o‘limi - katolik dunyosining 1,3 milliard nasroniylari uchun ulkan yo‘qotishdir. Fransiskning zamonaviylik bilan an’anani uyg‘unlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlari uzoq vaqt yodda qoladi.

Bu yo‘qotish — faqatgina katoliklar uchun emas, butun insoniyat uchun ruhiy saboqdir. Hayot nozik, kamtarlik esa eng oliy martaba.

                                            Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp Rossiya va Ukraina shu haftada sulh tuzishiga umid qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2025 18:31

    Tramp Rossiya va Ukraina shu haftada sulh tuzishiga umid qilmoqda

    Trampning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat orasida tinchlik bitimi tuzilgach, Moskva ham, Kiyev ham AQSH bilan yirik biznes yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    'Ozarbayjondan O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2025 17:47

    Ozarbayjondan O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi

    U O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga Adliya vazirligining Jazoni ijro etish xizmati maxsus konvoyi kuzatuvida topshirilgan.

    'Oltin narxi keskin oshib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2025 12:57

    Oltin narxi keskin oshib ketdi

    Tramp tomonidan boshlangan savdo urushi bozorlarni muvozanatdan chiqarib, xavfli aktivlarga bo‘lgan talabni pasaytirdi.

    'Tramp: “Rossiya va Ukraina kelishib olsa, AQSh yutadi”'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2025 10:34

    Tramp: “Rossiya va Ukraina kelishib olsa, AQSh yutadi”

    Ukrainadagi urush to‘xtashi mumkinmi? AQSh yetakchisi Donald Tramp bunga ishonmoqda.

    'AQSHda samolyot qulashi ortidan 4 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2025 09:20

    AQSHda samolyot qulashi ortidan 4 kishi halok bo‘ldi

    Voqea Illinoys shtatining markaziy qismida yuz bergan.

    'Pokiston so‘nggi uch haftada 80 ming afg‘on muhojirlarini deportatsiya qildi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2025 08:50

    Pokiston so‘nggi uch haftada 80 ming afg‘on muhojirlarini deportatsiya qildi

    Hukumat aprel oyi boshidan beri har kuni kamida 300 nafar afg‘on muhojirini hibsga olgan.