AsosiyJinoyat

Prokuratura xodimi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirib, vafot etdi

Marhumning ayoli bildirishicha, fuqaro klinikaga borishidan oldin sog‘lom bo‘lgan.

'Prokuratura xodimi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirib, vafot etdi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatidagi xususiy klinikada burun suyagini operatsiya qildirishga borgan 32 yoshli prokuratura xodimi vafot etdi.

Fuqaro Farg‘onadagi xususiy klinikalardan biriga burun suyagini operatsiya qildirish uchun o‘z oyog‘i bilan kirgan, biroq qaytib chiqmagan.

Nahotki sog‘lom odam doktor xatosi bilan hayotdan ketishi mumkin? 3 farzandim otasiz qoldi, — deydi ayol.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Ma’lumot uchun, marhum Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyati boshqarmasi tezkor bo‘limi tezkor vakili lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar