Ma'lum qilinishicha, mahalla raisi va hokim yordamchisi o‘zaro til biriktirib, chorvachilik uchun ajratilgan yerning 2 sotixi hamda davlat zaxirasidagi 28 sotix yerni Andijon shahrida yashovchi shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni va uning bir qismini noturar, qolgan qismini turar joy toifasiga o‘zgartirishni va’da qilgan.
Ular yer uchun 57 ming dollar va kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirish uchun yana 3 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar yer uchun 28 ming dollar va hujjatlar uchun 3 ming dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






