AsosiyJAMIYAT

Buxoroda hindistonlik talaba kursdoshini noutbuk bilan urib o‘ldirdi

22 yoshli Hindiston fuqarosi Savariya kursdoshi bilan chiqqan janjal vaqtida bosh qismiga noutbuk bilan berilgan zarbadan og‘ir tan jarohati olgan.

'Buxoroda hindistonlik talaba kursdoshini noutbuk bilan urib o‘ldirdi'ning rasmi

Buxoro davlat tibbiyot universitetida tahsil olgan Hindiston fuqarosi vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga kursdoshi bilan yuz bergan janjal sabab bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 22 yoshli Hindiston fuqarosi Savariya kursdoshi bilan chiqqan janjal vaqtida bosh qismiga noutbuk bilan berilgan zarbadan og‘ir tan jarohati olgan. U ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Hodisada gumon qilinayotgan 23 yoshli Hindiston fuqarosi Sadarul Anam voqea sodir bo‘lgan kuniyeq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati kotibi Hayot Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hindiston ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, marhumaning oilasiga fojia haqida to‘rt kun avval xabar berilgan. Qizning jasadi Dehli aeroportiga olib kelingan bo‘lib, uning tug‘ilib o‘sgan Haripad shahriga yetkazilishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Quvaytda mehnat qilayotgan marhumaning otasi viza bilan bog‘liq muammolar tufayli O‘zbekistonga yetib kela olmagan. Keyinchalik jasadni Hindistonga marhumaning amakisi olib ketgan.

    Boshqa yangiliklar

    Buxoroda hindistonlik talaba kursdoshini noutbuk bilan urib o‘ldirdi - Darakchi.uz