Ukraina yetakchisi Qrimni Rossiya bosib olgan bo‘lsa ham buni Zeleniskiy hech qachon qonuniy deb tan olmasligini aytdi. Bu haqda “Медуза” nashri ma’lum qildi.
“Bu borada hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas — bu bizning Konstitutsiyamizga zid”, deydi Zelenskiy.
Uning aytishicha, Qrim yoki boshqa Rossiya egallab olgan hududlar haqida muzokara qilish urushni cho‘zib yuboradi.
“Biz Qrim haqida gap boshlashimiz bilan, urushni cho‘zish rejasi boshlanadi — Rossiya aynan shuni xohlaydi. Biz allaqachon 12 yildan beri urush holatida yashayapmiz. Bu savolga javob: Rossiya bilan yer masalasida kelishib bo‘lmaydi”, deya qo‘shimcha qiladi Ukraina yetakchisi.
Shuningdek, Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi Londonda o‘tkazilayotgan muzokaralarda otashkesim (urushni vaqtincha to‘xtatish) masalasini muhokama qilish vakolatiga ega ekanini ham aytgan.