AsosiyJamiyat

"Biz ular(Rossiya)ning koloniyasi emasmiz!" - Sherzodxon Qudratxo‘ja

Sherzodxon Qudratxo‘ja Lavrovning e’tiroziga javob qaytardi.

'"Biz ular(Rossiya)ning koloniyasi emasmiz!" - Sherzodxon Qudratxo‘ja'ning rasmi

O‘zbekistonga tashrif buyurgan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi "Motamsaro ona" yodgorligiga gul qo‘yish paytida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratgan edi. Sherzodxon Qudratxo‘ja Lavrovning e’tiroziga quyidagicha javob qaytardi.

"Har bir mamlakat o‘zining hududidagi tarixiy obida yoki haykali atrofida qaysi tilda yozishini faqat o‘zi hal qiladi. Chetdan kelib, boshqa davlatning Tashqi ishlar vaziri bizni tanqid qilishi noto‘g‘ri. Zero, biz ularning koloniyasi emasmiz! Bizning vazirlar ham Rossiyaga borganda ba’zi masalalar bo‘yicha Lavrov kabi dadil savol berishni o‘rganishlari kerak, shekilli", deydi u.

Qudratxo‘ja Rossiyadagi o‘zbek migrantlarning diskriminatsiya qilinishining sabablarini so‘raydi. 

"Nimaga ularga nisbatan mahalliy hokimiyat, migratsion xizmatlar yoki politsiya tomonidan oddiy inson huquqlarini paymol qiluvchi holatlar qo‘llanilsa, Rossiya jamoatchiligi va davlat rasmiylari jim turadi?

Sergey Lavrov kelib, bizga "ona timsoli — muqaddas" ekanligini tushuntirmoqchi ekan, oddiy bir yozuvni bor-yo‘qligiga diqqat qaratarkan, biz ham unga "inson huquqlari ham muqaddas" ekanligini diqqat e’tiboriga solishimiz va eslatishimiz kerak.

Lavrov O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining hamkorligi to‘g‘risida ham gapiribdi. Kim bilan qanday aloqalar o‘rnatishni yoki qay darajada hamkorlik qilishni davlatning o‘zi hal qiladi! O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan ham o‘zaro aloqalar darajasini O‘zbekistonning o‘zi belgilaydi. Bu davlatimizning tashqi siyosati ko‘p vektorlik ekanligini ko‘rsatadi, – deb yozadi professor Sherzodxon Qudratxo‘ja.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya G‘arbning Markaziy Osiyo mintaqasida "hukmronlik" o‘rnatishga urinishlariga mutlaqo qarshi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 22:14

    Rossiya G‘arbning Markaziy Osiyo mintaqasida "hukmronlik" o‘rnatishga urinishlariga mutlaqo qarshi

    Bu haqda Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga tashrifi davomida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

    'Samarqanddagi "Motamsaro ona" poyiga egilgan Lavrov xotira so‘zlari ruscha yozilmaganidan nolidi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 17:45

    Samarqanddagi "Motamsaro ona" poyiga egilgan Lavrov xotira so‘zlari ruscha yozilmaganidan nolidi

    O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri yodgorlikka gul qo‘yish paytida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratgan.

    'Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurishga tender o‘tkazish uchun arizalar qabuli bir oyga uzaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 13:49

    'Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 13:41

    Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga bordi

    Prezident Rossiya TIV rahbari va turkman xalqining milliy yetakchisi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

    'O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir texnologiyasi amaliyotga joriy qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 13:32

    O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir texnologiyasi amaliyotga joriy qilinadi

    Bu muhim tashabbus Navoiy viloyatining Konimex tumanida amalga oshirildi.

    '"UzAuto Motors" sotiladigan bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 23.04.2025 11:08

    "UzAuto Motors" sotiladigan bo‘ldi

    “UzAuto Motors”, “UMS”, 10 ta “IES” va yana bir qator yirik korxonalar sotuvga qo‘yiladi.