AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoyeva Samarqandda yangitdan ochiladigan Bolalar kutubxonasi konsepsiyasi bilan tanishdi

Kutubxona fondi o‘zbek, ingliz va rus tillarida jami 120 000 jild kitobni o‘z ichiga oladi.

'Saida Mirziyoyeva Samarqandda yangitdan ochiladigan Bolalar kutubxonasi konsepsiyasi bilan tanishdi'ning rasmi

Bugun Samarqandda yangitan ochilishi ko‘zda tutilgan Bolalar kutubxonasi kontseptsiyasi bilan tanishdim. U 1911-yilda barpo etilgan tarixiy binoda joylashadi. Toshkentdagi kutubxona singari ushbu inshoot ham madaniy o‘zigaxosligi va davr ruhi saqlangan holda, ehtiyotkorlik bilan restavratsiya qilinadi.

Ushbu dargoh bolalar, o‘smirlar, ularning ota-onalari va ustozlari uchun chinakam ijodiy maskanga aylanadi. Loyihada inklyuzivlikka alohida e‘tibor qaratilgan: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etish rejalashtirilgan.

Kutubxona fondi o‘zbek, ingliz va rus tillarida jami 120 000 jild kitobni o‘z ichiga oladi.

Bu Samarqand ahli uchun ajoyib, ma‘naviy boylikka to‘la jozibador maskan bo‘lishi shubhasiz. Loyihaga muvaffaqiyat tilab qolaman!

    Boshqa yangiliklar