Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuk mashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati yuz berdi. Shu sababli bir nechta mahallalarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Parkent tumanidagi yuqori bosimli gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborgani sababli gaz sizib chiqish holati aniqangan.
Natijada tumanni "Yoshlik", "Markaziy", "Guliston" va "Oq tepa" mahallalaridagi 2415 ta aholi xonadonlari hamda 56 ta yirik iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Hozirda tuman gaz ta'minoti bo‘limiga qarashli avariya-ta'mirlash brigadasi ish olib bormoqda. Ta'mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti bosqichma-bosqich tiklanishi bildirildi.






