1

Ikki oylik chaqaloqning bahosi qancha?

Jinoyat 16.12.2016, 11:23
Teglar: Ayol, Chaqaloq
Ikki oylik chaqaloqning bahosi qancha?

Bugun odam savdosi davr muammosiga aylanib ulgurdi. Inchinun bunday “faoliyat” bilan shug`ullanuvchilar orasida o`z farzandini ham sotib yuborayotganlarning uchrayotganligi juda achinarli. “Huquq” gazetasining joriy yildagi 45-sonida Orzigul Jumaeva (ism va familiyalar o`zgartirilgan)ning tuban qilmishi misolida bunga yana bir bor amin bo`lasiz.

Orzigul 1993 yilda g`uzorlik Ergash ismli yigitga turmushga chiqib, to`rt nafar farzandli bo`lganda bolalarining barchasini eriga tashlab ajrashib ketdi. 2014 yilda ishlash uchun Novosibirskka ketib, o`sha erda dehqonobodlik bir erkak bilan tanishib, birga yashadi. Undan homilador bo`lib qolgach, 2015 yilning boshida uyiga qaytdi. Oylar o`tib, farzandi Ravshan tug`ildi va Orzigul onasining uyida yashay boshladi. Tirikchilik tashvishlari ko`payib, do`konlardan qarzga botdi va Orzigul yana safar taraddudiga tushdi. Ammo ...

QULOQQA XUSh YoQQAN BAShORAT

—  Rossiyaga yana ishga ketishim kerak, — bemor bolasini folbinga ko`rsatgani kelgan Orzigul noliy ketdi. 

—  Bolangiz bilan qiynalib qolmaysizmi? — dedi Nigora folbin uning qo`lidan hali ikki oylik ham bo`lmagan chaqaloqni olib.

—  Bilmasam, — chaynaldi Orzigul...

Bolaning issig`i baland, qorni dam bo`lgan, tagliklari to`lgan, kiyimlari ham bir ahvolda edi. 

— Rahima kecha bir dugonasini etaklab kelibdi, deya gapida davom etdi Orzigul. — Buxorodan, deydi. Keyin bilsam, Kosondan ekan. Tirnoqqa zor emish. Bolangizni baribir boqa olmaysiz, unga bering, xarajatlarini beramiz, deydi. Boshim qotdi. O`ylab ko`ray, ertaga xabar olinglar, dedim...

—  Bolangiz sizga emas, boshqa ayolga ko`rinayapti, — dedi Nigora folbin konfetlar bilan fol ko`rib. — Rahimaning gapi to`g`ri. Baribir bu ahvolda bolangizni boqa olmaysiz. Sizga ortiqcha yuk bo`ladi. Ularga berib yuboring. Tashvishidan qutulasiz...

2 MLN. 800 MINGGA BAHOLANGAN TIRIK JON

Kosonlik Adolat Bo`ronova turmush o`rtog`i Mansur bilan o`n sakkiz yil birga yashashdi. Shu yillar davomida ularning xonadonida chaqaloq yig`isi eshitilmadi. Ajrashib ketish juda og`ir edi. 

Shunday kunlardan birida muboraklik tanishi Rahimadan qishloqlarida Orzigul ismli bir ayol Rossiyada ish¬lab kelib, farzandli bo`lgani, bolasini boqishga imkoniyati yo`qligi haqida eshitib, ichi chiroq yoqilganday yorishib ketdi. Darhol Ra¬hima bilan yo`lga otlanishdi.

Orzigulni qidirib borgan ikki ayol uni folbinning uyidan topishdi. Eshigi ochilib, Rahima, uning izidan Adolat kirdi.

Gurung uzoq davom etdi. Ra¬hima yana "o`sha masala"da kelishganini aytdi. Adolat ko`ziga yosh olib yalindi. Nigora folbin ham ularga qo`shilib, baribir bolasini boqa olmasligini, bu ahvolda nobud qilib qo`yishini aytib, Adolatga bersa yaxshi bo`lishini ta`kidladi.

Orzigul biroz o`ylanib turib, Rossiyaga ketish uchun hujjat to`g`irlash, qarzlaridan qutulish uchun 2 mln. 800 ming so`m kerakligini aytdi. Ado-lat sumkasidan 1 mln. 300 ming so`m va 300 AQSh dollari chiqarib berdi. Orziguldan bolani o`z ixtiyori bilan berganligi, bu haqda hech qaerga shikoyat qilmasligi to`g`risida tilxat yozdirib oldi. 

SO`NGGI PUShAYMON

Orzigul puldan 300 ming so`mini olib, do`konlarni aylanib, qarzlarini berdi. Ko`z o`ngidan chaqalog`i ketmadi, uni yana ko`rgisi keldi. Uzoq o`ylanib, Nigora folbinning uyiga qaytdi. Pullarni olib, bolasi-ni qaytarib berishlarini so`radi. Ammo folbin unga endi buning iloji yo`qligini aytdi.

Orzigulning ko`ziga dunyo qorong`u bo`lib ketdi. Oyog`ini qo`liga olib, uchastka inspektoriga yugurdi. Unga bo`lgan voqeani oqizmay-tomizmay gapirib berdi. Qilmishidan pushaymonligini bildirib, bolasini qaytarib olib berishlarini so`radi.

O`YLAMAY BOSDIM TIKANNI...

Sudning qora kursisidagi bu to`rt ayol ikki oylik norasidaning ojiz ahvolidan foydalanib, uni bir buyum yo hayvonday baholab, taqdiri ustidan hukm chiqarib qo`yishdi. Ammo sud chaqaloqfurushlar ustidan o`z hukmini e`lon qildi. Jinoyat kodeksining te¬gishli moddalariga ko`ra, Orzigul Jumaeva hamda Adolat Bo`ronovaga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi. Nigora Murodova hamda Rahima Jovlieva esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ularga ham jazo shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgi¬landi. Jinoyatga jazo muqarrarligi aniq, ammo go`dakning “Mehribonlik uyi”da qolishiga sababchi bo`lgan bu ona endi o`zini kechira olarmikin?

Sharhlar

Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

01.01.2022, 21:48

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1