AsosiyJamiyat

Xorijga ketayotgan sirdaryolik ayol 7 oylik bolasini ko‘chaga tashlab ketdi

Bolaning cho‘ntagida qoldirilgan xatda farzandining ismi, yoshi va nima sababdan tashlab ketganligi yozilgan.

'Xorijga ketayotgan sirdaryolik ayol 7 oylik bolasini ko‘chaga tashlab ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Loyish mahallasida ayol farzandini bir adyol va 2-3 ta kiyimlari bilan tashlab ketgani, bolaning cho‘ntagidan “Ismi Odilbek, 7 oylik, iltimos, asrab oling, men chet elga ketyapman”, mazmunidagi xat chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

Bolalar ombudsmanning rasmiy munosabatiga ko‘ra, ayol haqiqatdan ham 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Pastdarg‘om tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringani aniqlangan. Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilgan. Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlanib, uning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.

    Boshqa yangiliklar