AsosiyJinoyat
5991

Aka-uka vahshiylar ikki insonning umriga zomin bo`ldi

“Huquq” gazetasining joriy yildagi 48-sonida Shahrisabz tumani Yangi hayot qishlog`ida yuz bergan xunrezlik oqibatida hayotdan bevaqt ko`z yumgan ikki inson taqdiri aks etgan jinoyat tafsiloti berilgan.

Nosir (ism-familiyalar o`zgartirilgan)ga akasi Narzulla qo`nG`Iroq qilgach, oshxonaga otildi. "Yaramaslar, bugun barchasiga chek qo`yaman! Qoningni ichib, o`chimni olaman!", — deya oshxona tokchasida turgan ikkita pichoqni oldi-da, ko`chaga yugurdi. Yo`l-yo`lakay akasiga qo`ng`iroq qilib, qaerda ekanligini so`radi. 

— Safar uyidagilar bilan bostirib keldi, — dedi Narzulla ukasini ko`rgach. — Qo`llarida pichoq, boltalari bor edi.

Qarindoshlar o`rtasida bungacha ham bir necha marta janjal bo`lganidan Nosir xabardor edi. Aka-uka "bosqinchilar"ni sartaroshxona oldida uchratishdi.

Qarindoshlar Safar, Fazliddin, Umrbek, Jasur, Shavkat va Mohir sartaroshxona oldida to`planib turishgandi. Darhol mushtlarini ishga solishdi. Har kim qo`liga ilingan narsa bilan bir-biriga hujumga o`tdi. Ko`p o`tmay janga¬ri filmlardagi singari ayovsiz mushtlashuv boshlandi.

Nosirning qo`lidagi pichoqqa dastlab Safar ro`baru keldi. Nosir uning duch kelgan joyiga pichoq sanchib, keyin Fazliddinning qorniga pichoq  urdi.

Ukasi Narzulla esa qo`lidagi temir bo`lagi bilan qoniga belanib yotgan Safarning oyog`iga urdi. Shu payt kimdir uning qo`liga yopishdi.

— Bolamni urma, o`ldirib qo`yasan! — Narzulla o`girilib, Safarning onasini ko`rdi. U o`g`lini bazo`r to`dadan ayirib, chetga olib chiqdi. Bu vaqtda turmush o`rtog`i Sherbobo Boqiev ham etib keldi.

Nosir janjalni to`xtatishga urinayotgan Sherbobo Boqievning ko`ksiga pichoq sanchdi. Bu bilan barchasiga nuqta qo`ygandek bo`ldi.

Olib borilgan tezkor muolajalarga qaramay Sherbobo va Fazliddin Boqievlar hayotdan ko`z yumishdi.

Nosir Sharapov tergov jarayonida aybiga iqror bo`ldi. Afsuski, bu pushaymonlik, afsus-nadomat u o`limiga sababchi bo`lgan ikki insonni hayotga qaytara olmaydi...

Boshqa yangiliklar