Markaziy Osiyoda giyohvandlik vositalari tarqalishiningoldini olish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining “CADAP”dasturi doirasida mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralariga maxsus texnika hamda uskunalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari, “CADAP” dasturi rahbarlari va mutaxassislari, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Narkotik moddalarni nazorat qilish qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat jamg’armasi hamda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi vakillari ishtirok etdi.
2001-yilda ishga tushirilgan“CADAP” dasturi Yevropa Ittifoqining tashabbusi bo‘lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga va ularning Yevropa davlatlariga tranzitiga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar sa’yharakatlarini birlashtirishga qaratilgan.
“CADAP-7” dasturi direktori Ernest Robello aytishicha, taqdim etilgan maxsus texnika va uskunalar nafaqat tegishli idoralarining tahliliy va texnik salohiyatini kuchaytiradi, balki hamkorlikni hamda real vaqt rejimida ma'lumot almashishni ta'minlash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratadi.
Shuningdek, ishtirokchilar sintetik giyohvandlik vositalari tarqalishining keskin oshganligi va ushbu sohada internet tarmog‘i, messenjerlar hamda anonim to‘lov tizimlaridan aktiv foydalanilayotganligi bilan bog‘liq zamonaviy tahdidlarga alohida e’tibor qaratdilar.