AsosiyJamiyat

"Tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz"

Prezident yordamchisi barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.

'"Tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz"'ning rasmi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barchani Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.

"Bu kun biz tinch va osuda hayotimiz uchun jonini fido qilgan insonlar qahramonligi oldida bosh egamiz. Ularning jasorati va matonati millat xotirasining tayanchi, kuch-qudratimiz manbaidir.

Tarix saboqlari tinchlikning naqadar bebaho ne’mat ekanini doim yodimizga solib tursin. Barchamizga ezgulik, birdamlik, ertangi kunga ishonch yor bo‘lsin, — deb yozadi Prezident yordamchisi o‘zining Telegram kanalida.

    Boshqa yangiliklar