AsosiyJamiyat

Talabalar uchun yagona "talaba formasi" joriy etiladimi?

Oliy ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra...

'Talabalar uchun yagona "talaba formasi" joriy etiladimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda universitet va institut talabalari uchun yagona “talaba formasi“ joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri talqin etilmoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.

Aksincha, oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur Nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, korporativ uslub va brend elementlari (logotip, rang sxemasi va h.lar) shakllantirish tashabbusi universitetlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham samarali targ‘ib etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday yondashuv dunyo tajribasida ham ta’lim muassasalarining marketing strategiyasining muhim qismi sifatida qaraladi, deya qo‘shimcha qiladi vazirlik.

Oliy ta’lim tashkilotlarida har bir talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda ilk bor non festivali o‘tkazilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:24

    Samarqandda ilk bor non festivali o‘tkazilmoqda

    Tadbir yakunida novvoylar mukofotlanadi.

    'Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bo‘lmaydimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:42

    Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bo‘lmaydimi?

    Vazirlik "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Toshkentdagi ko‘chalardan biri 21 maygacha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:52

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri 21 maygacha yopildi

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:06

    'Toshkent vidoyatidagi metan "zapravka" 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:38

    'Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:03

    Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

    Ayollar oltinni jinsiy a’zosiga yashirib o‘tkazmoqchi bo‘lishgan.