17 may kunidan e’tiboran Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilish-ta’mirlash ishlari tufayli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi 17 may soat 22:00 dan 21 may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopildi.
Hokimlik ko‘rsatilgan davr mobaynida haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.