AsosiySiyosat

O‘zbekistonliklarga AQSH vizasi talablari yengillashtirildimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklar AQSHga kirishi uchun viza talablarini yengillashtirish choralarini ko‘rishni topshirdi.

'O‘zbekistonliklarga AQSH vizasi talablari yengillashtirildimi?'ning rasmi

Davlat rahbarining “2025—2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilanishicha, TIV(Tashqi ishlar vazirligi) 3 oy muddatda AQSH fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilish hamda O‘zbekiston fuqarolariga AQSHga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash va yakuni bo‘yicha taklif kiritishi lozim.

Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolari uchun O‘zbekistonga ichki hujjat yoki ID-karta, shu jumladan, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga “kinder pasport” bilan 30 kungacha kirish rejimini joriy qilish rejalashtirilgan.

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi. Hujjatga ko‘ra, respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan. 

Ma’lumot uchun, 1-iyundan boshlab O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejim ham joriy etiladi. Bu kelishuv ikki davlat fuqarolariga 30 kungacha vizasiz sayohat qilish imkonini beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xorijda o‘zbek milliy taomlari restorani ochadiganlarga xarajatning bir qismi qoplab beriladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:38

    Xorijda o‘zbek milliy taomlari restorani ochadiganlarga xarajatning bir qismi qoplab beriladi

    Xarajatlarning 50 foizi, biroq 25 ming dollardan oshmagan miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

    'Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 16:44

    Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Davlatimiz rahbari avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qo‘shma dasturlarni olqishladi.

    'Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvdan boshlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 15:36

    Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvdan boshlandi

    Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, xususan, yuk tashishni ko‘paytirish va ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

    'Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirildi'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 14:20

    Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirildi

    Ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutildi.

    'Shavkat Mirziyoyev nega Vengriyaga jo’nab ketdi?'ning rasmi

    Siyosat 20.05.2025 06:36

    Shavkat Mirziyoyev nega Vengriyaga jo’nab ketdi?

    Bildirilishicha, davlat rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga bionan davlatga tashrif buyurgan.

    'Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi'ning rasmi

    Siyosat 19.05.2025 15:01

    Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi o‘tkazish punkti yana 4 oyga yopildi

    Qurilish ishlari davom etayotgani munosabati bilan Qozog‘iston O‘zbekiston tomoniga rasman murojaat qilib, chegarani kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklovni uzaytirishni taklif qilgan.