Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro o‘z mashinasida sher bolasini olib yurgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB xodimlari o‘rganish olib bordi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan o‘rganishlarda Samarqand tumanida yashovchi fuqaro Afrika sheri bolasini tumanning “Oqbo‘yro“ mahallasi hududidagi dala hovlining sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgani aniqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sher bolasiga birinchi yordam ko‘rsatilib, vaqtincha saqlash uchun viloyat kinologiya markaziga olib kelindi hamda alohida parvarishga olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ayni paytda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasi tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.