AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda qancha talaba oliy ta’limda tahsil oladi?

Ochiqlanishicha, 2024-2025 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 mln 432,8 ming nafar.

'O‘zbekistonda qancha talaba oliy ta’limda tahsil oladi?'ning rasmi

O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni so‘nggi 10 yilda 5,4 barobarga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2024-2025 o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 mln 432,8 ming nafarni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2015-2016 o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 1 mln 168,5 ming nafarga yoki 5,4 barobarga oshgan.

Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

2015/2016 o‘quv yili boshiga – 264,3 ming nafar;

2016/2017 o‘quv yili boshiga – 268,3 ming nafar;

2017/2018 o‘quv yili boshiga – 297,7 ming nafar;

2018/2019 o‘quv yili boshiga – 360,2 ming nafar;

2019/2020 o‘quv yili boshiga – 441 ming nafar;

2020/2021 o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;

2021/2022 o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;

2022/2023 o‘quv yili boshiga – 1 042,1 ming nafar;

2023/2024 o‘quv yili boshiga – 1 314,5 ming nafar;

2024/2025 o‘quv yili boshiga – 1 432,8 ming nafar.

    Boshqa yangiliklar