AsosiyJamiyat

Toshkentdagi "Sosiskaxona" kafesi tanqidlar ostida qoldi

Tanqidlar ortidan muzey rahbariyati yozuvni demontaj qildi.

'Toshkentdagi "Sosiskaxona" kafesi tanqidlar ostida qoldi'ning rasmi

Toshkentdagi Temir yo‘l texnikasi muzeyida joylashtirilgan "Sosiskaxona" nomli ovqatlanish nuqtasi ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik tanqidlari va e’tirozlari ortidan muzey rahbariyati yozuvni demontaj qildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmatiga ko‘ra, yozuv muzey rahbariyati tomonidan olib tashlangan. Shu bilan birga, muzeyni attraksionli va oilaviy dam olish maskaniga aylantirish bo‘yicha ishlarni to‘xtatish rejalashtirilmayotgani ta’kidlandi.

Muzey hududida hozirgacha 500 dan ortiq daraxt va gul ekilib, 6000 metr kv bruschatka yotqizilgan, 3,5 ming metr kv maydonda yashil hududlar tashkil etilgan. Shuningdek, 20 ta infratuzilma obyekti qayta jihozlanib, ovqatlanish va savdo nuqtalari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Muzey eksponatlaridan to‘rttasi ta’mirlanib, kafe va restoran sifatida moslashtirilgan. Hudud xavfsizligini ta’minlash maqsadida 22 ta videokamera o‘rnatilgan, shuningdek, 7 ta bolalar attraksioni va 60 metrli musiqali favvora foydalanishga topshirilgan.

Muzeyga keluvchilar soni prezident qarori asosida amalga oshirilgan rekonstruksiyadan so‘ng bir necha o‘n barobarga oshgani qayd etildi. Shu bois, madaniy merosni saqlagan holda, zamonaviy dam olish imkoniyatlarini yaratish konsepsiyasiga rioya etishda davom etiladi.

    Boshqa yangiliklar