AsosiyJamiyat

Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.

'Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi'ning rasmi

Bugun Sariosiyo aeroporti “Silk Avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan, yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida kutib olindi.

“Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ATR-72-600 samolyotlarida muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar