Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK ma’muriyati Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd o‘tilishicha, joriy yilning 8 iyun sanasidan boshlab, 2 ta bekat “Turon (13-bekat) - Qipchoq (14-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
“Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi”,- deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.