AsosiyJamiyat

Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

"Muborak Qurbon haytini nishonlash to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

'Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?'ning rasmi

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 6 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Shuningdek, 2025 yil 7 iyun (shanba) kuni 6 kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shunday qilib, 6 iyun (juma) – Qurbon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni,

7 iyun (shanba) — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatiy, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

8 iyun (yakshanba) – dam olish kuni.

    Boshqa yangiliklar