AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada 2 yoshli qizcha vafot etdi

Qizaloq nazoratsiz qoldirilgani sabab ariqqa tushib ketib, vafot etgan.

'Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada 2 yoshli qizcha vafot etdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab ariqqa tushib ketib, vafot etdi

Ushbu voqea viloyatning Qamashi tumanidagi xususiy bog‘chada 20 may kuni sodir bo‘lgan. Marhumaning onasi bog‘cha ochilgan vaqtda ariq borligi sababli xavfli ekanini ota-onalar aytgani, lekin bog‘cha ma’muriyati xavfsizlik chorasi ko‘rilishini aytganini ta’kidlagan.

"20 may kuni qizimni har doimgidek bog‘chaga kuzatdim. Qaynog‘am kelib qizingni mazasi bo‘lmabdi, deb meni olib bordi. Borsam qizimning joni uzilgandi, yerda yotgan edi. Badanlari muzdek. Daraxt tagida bolamni o‘rab qo‘yishgan ekan.

Man ishonib ularga bolamni topshirdim, nega unday e’tiborsizlik qilishadi. 3 kun bo‘ldi bog‘cha yana ishlayapti. Ular qat’iyan javobgarlikka tortilishini so‘rayman", - deydi qizchaning onasi.

Bog‘cha xodimasi bergan ko‘rsatmasida bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgani, qolgani esa hovlida qolgani aytilgan. Ulardan biri bo‘lgan marhuma qizaloq nazoratsiz qolgani sababli ko‘chaga chiqib, bog‘cha atrofidagi ariqqa tushib ketib, halok bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda 20 nafar bolani Damas'da bog‘chaga olib ketayotgan haydovchi ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 01.06.2025 22:23

    Buxoroda 20 nafar bolani Damas'da bog‘chaga olib ketayotgan haydovchi ushlandi

    Yana boshqa bir holatda Damas'da 16 nafar bola bilan harakatlanayotgan haydovchi qo‘lga tushdi.

    'Yuqori harorat va qisqa muddatli yomg‘irlar...'ning rasmi

    Jamiyat 01.06.2025 20:53

    Yuqori harorat va qisqa muddatli yomg‘irlar...

    Iyun oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

    '"Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida ulg‘aysin!"'ning rasmi

    Jamiyat 01.06.2025 16:16

    'Toshkent viloyatida YPX inspektori to‘xtatgan mashinada giyohvand modda borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 01.06.2025 15:03

    Toshkent viloyatida YPX inspektori to‘xtatgan mashinada giyohvand modda borligi aniqlandi

    Haydovchi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamay harakatlangani sabab inspektor mashinani to‘xtatgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 01.06.2025 12:48

    'Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan AYOQSH aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 01.06.2025 10:42

    Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan AYOQSH aniqlandi

    AYOQSHga qariyb 50 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.