Samarqand viloyatida Istanbulga uchayotgan fuqaro qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Keltirilishicha, Samarqand xalqaro ayeroportida bojxona xodimlari Istanbulga parvoz qilayotgan yo‘lovchilardan biri 2 dona qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida fosh qilindi.
Tangalar 1923 yilda Turkiya Jumhuriyatida zarb qilingan 100 kurush va 65 kurush ekani aniqlandi. Ularning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan yaratilganiga 50 yildan oshgan madaniy boyliklar, shu jumladan numizmatika ashyolarini olib chiqish mumkin emas.