Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan transport vositasida giyohvand modda borligi aniqlandi.
Qayd etilishicha, shu yilning 29 may kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahrida xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan harakatlangan haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan R.U boshqaruvidagi “Tracker” rusumli transport vositasi to‘xtatib tekshirilganda u haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, haydovchi va transport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Ko‘rik vaqtida haydovchining oldidan rangsiz polietilen sellofanga o‘ralgan, o‘tkir hidli, yashil rangli “Nasha” nomli giyohvand vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 47, 26 grammni tashkil etgan.
Fuqaro va ashyoviy dalillar Ohangaron shahar IIBga topshirildi.