AsosiyJamiyat

Bir kilogram palovga ketadigan mahsulotlarning o‘rtacha narxi qancha?

Hududlar kesimida bir kilogram palov uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha qiymati e’lon qilindi.

'Bir kilogram palovga ketadigan mahsulotlarning o‘rtacha narxi qancha?'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi kuzatuv natijalariga ko‘ra, hududlar kesimida bir kilogram palov uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha qiymati (2025 yil may oyi uchun):  
  
Qoraqalpog‘iston R. – 96 700 so‘m      
  
Andijon viloyati – 103 300 so‘m      
  
Buxoro viloyati – 106 600 so‘m       
  
Jizzax viloyati – 108 200 so‘m      
  
Qashqadaryo viloyati – 108 800 so‘m       
  
Navoiy viloyati – 107 400 so‘m       
  
Namangan viloyati – 107 500 so‘m       
  
Samarqand viloyati – 110 000 so‘m       
  
Surxondaryo viloyati – 108 300 so‘m       
  
Sirdaryo viloyati – 103 500 so‘m             
  
Toshkent viloyati – 110 700 so‘m       
  
Farg‘ona viloyati – 113 500 so‘m         
  
Xorazm viloyati – 104 000 so‘m       
  
Toshkent shahri – 114 500 so‘m       
  
Bir kilogram palov uchun kerakli mahsulotlar:

kungaboqar yog‘i – 0,3 l

piyoz – 300 gr

mol go‘shti – 700 gr

sabzi – 1 kg

guruch – 1 kg

noxat – 100 gr

zira – 10 gr

osh tuzi – 20 gr

Qo‘mita yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogram palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligini eslatgan. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar