AsosiyJamiyat

Jarima ballaridan onlayn xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi

Xabaringiz bor, 1 iyundan boshlab qoidabuzar haydovchilarga jarima ballarini hisoblash boshlandi.

'Jarima ballaridan onlayn xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

Fuqarolar mazkur amaliyotni endi onlayn nazorat qilishi mumkin.

 Endilikda sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to‘g‘risidagi ma’lumotni my.gov.uz yoki "Safe ROAD YHXX" ilovasi orqali onlayn olish imkoni mavjud.

Ta’kidlanishicha, ma’lumotda to‘plangan jarima balli, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, jarima ball uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning asos bo‘luvchi moddasi va bandi keltiriladi.

    Boshqa yangiliklar