AsosiyDunyo

Zelenskiy Rossiyaning ikki-uch kunlik sulh taklifini keskin rad etdi

Ukraina yetakchisining aytishicha, Rossiya uchun odam hayotining qadri yo‘q, ular faqat vaqt yutishga urinmoqda.

'Zelenskiy Rossiyaning ikki-uch kunlik sulh taklifini keskin rad etdi'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan bildirilgan taklifga — jang maydonidagi halok bo‘lgan askarlarning jasadini yig‘ib olish uchun frontning ayrim hududlarida ikki-uch kunlik mahalliy sulh e’lon qilish haqidagi taklifga keskin munosabat bildirdi.

“Ular jang maydonidan o‘liklarni olib ketish uchun ikki yoki uch kunlik sulh taklif qilmoqda. Menimcha, bu — tentaklik. Sulh shuning uchun bo‘lishi kerakki, odamlar o‘lmasin. Ular esa bunga faqat urushdagi kichik tanaffus sifatida qarashyapti”, — deydi Zelenskiy.

Uning fikricha, bu taklif Rossiya tomonining urushga qanday yondashayotganini ochiq ko‘rsatadi: ular uchun odam hayotining qadri yo‘q, ular faqat vaqt yutishga urinmoqda.

Zelenskiy AQSHni Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yanada kuchaytirishga chaqirdi.

“Ular boshqacha tushunmayapti. Ularni tushunadigan darajaga tushirish uchun iqtisodiy bosimni oshirish zarur”, — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

    Boshqa yangiliklar