AsosiyDunyo

AQSH Eron bilan yadro muzokaralarida yangi taklif bilan chiqdi

Eron hududida cheklangan miqdorda, past darajadagi uran boyitishga ruxsat berilishi mumkin.

'AQSH Eron bilan yadro muzokaralarida yangi taklif bilan chiqdi'ning rasmi

Eron hududida cheklangan miqdorda, past darajadagi uran boyitishga ruxsat berilishi mumkin. Bu taklif AQSH rasmiylarining avvalgi qat’iy pozitsiyasidan farq qiladi, chunki ular ilgari Eronning yadro inshootlarini to‘liq demontaj qilishni talab qilgan edi.

Taklifga ko‘ra, Eron yangi boyitish inshootlari qurmasligi, mavjud yerosti boyitish inshootlarini vaqtincha to‘xtatishi va boyitish darajasini 3% ga tushirishi kerak.

Shuningdek, xalqaro nazorat kuchaytiriladi va sanksiyalar faqat Eronning real majburiyatlari tasdiqlangandan so‘ng bekor qilinadi .

Biroq, Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSHning sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha aniq kafolatlar bermayotganidan xavotir bildirdi.

Isroil Bosh vaziri Netanyahu esa bu taklifga qarshi chiqib, Eronning yadro dasturiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini talab qilmoqda .

Yaqin kunlarda muzokaralarning oltinchi bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar