AsosiyDunyo

Xitoy Rossiyaning 20 ta harbiy zavodiga mahsulot yetkazmoqda

G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik davom etmoqda.

'Xitoy Rossiyaning 20 ta harbiy zavodiga mahsulot yetkazmoqda'ning rasmi

Ukraina tashqi razvedka xizmati rahbari Oleh Ivashchenkoning ma’lum qilishicha, Xitoy kamida 20 ta Rossiya harbiy sanoat korxonasiga turli mahsulotlar — o‘q-dori, maxsus kimyoviy moddalar, sanoat uskunalari va boshqa qismlar yetkazib bermoqda. Bu haqda Kyiv Insider xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yordamlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushni davom ettirish imkoniyatini saqlab qolishiga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, aviatsiya sohasida hamkorlik kuchaygani aytilmoqda — Xitoydan ehtiyot qismlar, muhim hujjatlar va uskunalar yetkazib berilmoqda.

Ivashchenko, shuningdek, Rossiyadagi dronlar uchun zarur elektron komponentlarning 80 foizi Xitoydan olib kirilayotganini ta’kidladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa bu ayblovlarni rad etdi. Rasmiy Pekin o‘z pozitsiyasini “izchil va aniq” deb atamoqda.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar