AsosiyJamiyat

1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m bo‘ladi

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa oyiga 1 mln 271 ming so‘m bo‘ladi.

'1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m bo‘ladi'ning rasmi

O‘zbekistonda 1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m bo‘ladi. Bu haqda prezidentning "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 avgustdan boshlab:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 so‘m (amalda 375 000 so‘m) etib belgilandi.

Bundan tashqari, 2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 so‘m bo‘ladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda 1 iyuldan pensiya, nafaqalar, 1 avgustdan esa ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshirilishi haqida xabar bergandik

    Boshqa yangiliklar