AsosiyJamiyat

Toshkentda Qurbon hayiti kuni metro va avtobuslar ertaroq ish boshlaydi

Ushbu qaror fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

'Toshkentda Qurbon hayiti kuni metro va avtobuslar ertaroq ish boshlaydi'ning rasmi

Joriy yilning 6 iyun kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan ish boshlaydi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, har ikkala jamoat transportining (avtobus va metro) faoliyati soat 03:00 dan boshlanadi. Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi hayit namozi vaqtlarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.

    Boshqa yangiliklar