AsosiyDunyo

Rossiyadan qaytgan ukrainalik bolalar og‘ir ruhiy va jismoniy jarohatlar bilan kelayotgani aytildi

Bildirilishicha, vatanga qaytarish jarayoni ham bolalar uchun katta ruhiy bosim va travma bo‘lgan.

'Rossiyadan qaytgan ukrainalik bolalar og‘ir ruhiy va jismoniy jarohatlar bilan kelayotgani aytildi'ning rasmi

Ukraina hukumati Rossiyadan qaytarilgan bolalar og‘ir psixologik va ba’zida jismoniy zo‘ravonliklardan aziyat chekkanini bildirgan. Bu haqda Germaniyaning “DW”nashriga bergan intervyusida “Bring Kids Back” dasturi reabilitatsiya va reintegratsiya yo‘nalishi rahbari Irina Tulyakova ma’lum qildi. Mazkur dastur Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tashabbusi bilan yaratilgan.

“Ular urush qurbonlari”

Tulyakovaning so‘zlariga ko‘ra, deportatsiyadan qaytgan har bir bola ruhan og‘ir holatda bo‘ladi.

“Bu bolalar ko‘pincha yaqinlarini yo‘qotgan, o‘z ko‘z o‘ngida o‘ldirish holatlariga guvoh bo‘lgan, Rossiya harbiylari tomonidan qo‘rqitilgan – ular bilan yoki qarindoshlari bilan yerto‘lada nima bo‘lishi mumkinligi aytilgan”, — deydi u.

Hatto ularni vatanga qaytarish jarayoni ham bolalar uchun katta ruhiy bosim va travma bo‘layotgani ta’kidlangan.

Zo‘ravonliklar – ayniqsa o‘smirlar orasida

“Jismoniy zo‘ravonlik holatlari, ayniqsa o‘smirlar orasida ko‘p uchradi. Rossiyaliklar fikricha, agar bola itoatsizlik qilsa, bu darhol kuch bilan jazolangan”, – deydi Tulyakova.

Uning aytishicha, bolalar orasida jinsiy zo‘ravonlik holatlari ham qayd etilgan, ammo ular keng ko‘lamda emas.

“Ular o‘zini ukrain emas, rus deb his qilishga majbur bo‘lishgan”

Ukrainalik bolalar Rossiya hududida doimiy ravishda “siz kerak emassiz”, “siz ukrain emassiz – siz russiysiz” degan so‘zlarni eshitgan. Ba’zilar esa harbiy tayyorgarlik o‘quv lagerlariga olib ketilgan. Bu esa ularning ongi va ruhiyatiga og‘ir zarba bo‘lgan.

“Ular Ukrainaga qarshi noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan”

“Rossiyada bolalarga Ukraina haqida juda ko‘p yomon gaplar aytilgan, bu esa ularda qo‘rquvni yanada kuchaytirgan. Ko‘pchiligi bosimga qarshi chiqqan, ba’zilari esa hatto verbovkaga qarshi kurashgan”, – deydi Irina Tulyakova.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30