AsosiyDunyo

Tabiiy ofatlar soni nega oshib bormoqda?

Olimlarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda qayd etilgan kuchli tabiiy ofatlar inson omili bilan bog‘liq iqlim o‘zgarishi natijasidir. Ular nafaqat harorat oshishi, balki ofatlar soni va kuchayishi bilan ham namoyon bo‘lmoqda.

'Tabiiy ofatlar soni nega oshib bormoqda?'ning rasmi

Jahon meteorologiya tashkilotining o‘tgan yilgi hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda sayyorada kuchi va ko‘lami bo‘yicha o‘xshashi bo‘lmagan taxminan 150 ta ekstremal tabiiy hodisa qayd etilgan. Bu voqealar beqiyos deb baholandi — bu turdagi hodisalar ilgari Yer yuzida hech qachon kuzatilmagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi holatlarga asosiy sabab — iqlim o‘zgarishining davom etishidir.

Okeanologiya institutining Okean va atmosfera o‘zaro ta’siri laboratoriyasi rahbari, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Sergey Gulyov fikricha, so‘nggi 100–150 yil ichida inson faoliyati tufayli yuzaga kelgan global isish natijasida o‘rtacha harorat industrial davrdan oldingi holatga nisbatan taxminan 1,09 darajaga oshgan. Shu bilan birga, u yer qit’alarida isish quruqlikda harorat 1,54 darajaga, okeanlarda esa 0,88 darajaga oshgan. Bu holat Dunyo okeanidagi yuqori issiqlik sig‘imi va inersiyasi bilan bog‘liq.

Olimning qayd etishicha, ayniqsa Arktika kabi o‘rta va yuqori kengliklardagi o‘zgarishlar juda tez sur’atda kechmoqda. Ekvatorga yaqin hududlarga nisbatan bu yerlarda harorat ancha tez o‘smoqda. Ammo isish faqat haroratning ortishi bilan cheklanib qolmayapti — u kuchli va ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi bilan ham namoyon bo‘lmoqda.

U misol sifatida 2010 yilni keltirgan. O‘sha yili Rossiyaning Yevropa qismida harorat me’yordan 7 daraja yuqori bo‘lgan issiqlik qayd etilgan. Shu paytda Sibir va Pokistonda anomal sovuq bo‘lgan, G‘arbiy Yevropada esa kuchli yomg‘irlar natijasida toshqinlar sodir bo‘lgan.

Shu bois, mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, global isish bu shunchaki bir asrda bir darajaga harorat ko‘tarilishi emas — bu uraganlar, yomg‘irlar, uzoqqa cho‘zilgan qurg‘oqchilik va vayronkor toshqinlargacha bo‘lgan jiddiy iqlimiy o‘zgarishlar majmuasidir.

    Boshqa yangiliklar