"Mening fikrimcha, hammasi tugadi. Men ular bilan muzokara qilishni xohlamayman. Ular ablah va kasal odamlar. Ularga xuddi shunday kasal odamlar rahbarlik qilmoqda. Menimcha, ular bilan vaqt o‘tkazish behuda", dedi Trump Anqara shahrida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Bu bayonot Eron tomonidan AQShning Fors ko‘rfazidagi harbiy bazalariga zarbalar berilgani ortidan yangradi.
Trumpning mazkur izohi Vashington va Tehron o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi. Hozircha Eron rasmiylari AQSh Prezidentining mazkur bayonoti yuzasidan munosabat bildirmagan.






