AsosiyDunyo

Tramp: “Putin Rossiyadagi harbiy aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javobsiz qoldirmasligini bildirdi”

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi.

'Tramp: “Putin Rossiyadagi harbiy aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javobsiz qoldirmasligini bildirdi”'ning rasmi

Uchrashuv chog‘ida tomonlar yaqinda Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) tomonidan amalga oshirilgan “To‘r” operatsiyasi doirasidagi voqealarni muhokama qilgan.

Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozishicha, suhbat 1 soat 15 daqiqa davom etgan va “yaxshi” o‘tgan, biroq hali “zudlik bilan tinchlikka olib keluvchi” darajada bo‘lmagan.

“Prezident Putin aerodromlarga qilingan hujumga javoban choralar ko‘rishga majbur bo‘lishini qat’iy aytdi”, — deydi Tramp.

Shuningdek, yetakchilar Eron va AQSH o‘rtasidagi yadroviy bitimni ham muhokama qilgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligi borasida yakdil fikrga kelgan.

“Men prezident Putinga Eronda yadroviy qurol bo‘lishi mumkin emasligini aytdim. U esa bu masala bo‘yicha Eron bilan muzokaralarga qo‘shilish va jarayonni tezroq hal etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi”, — deya qayd etdi Tramp.

    Boshqa yangiliklar