AsosiyDunyo

Germaniyada ko‘prik ilk bor gidravlik texnologiya yordamida siljitildi

Qizig‘i, bu jarayonda ko‘prikning ikkinchi qismida avtotransport harakati to‘xtamagan — u oldindan yakunlangan edi va harakat davom etgan.

'Germaniyada ko‘prik ilk bor gidravlik texnologiya yordamida siljitildi'ning rasmi

Germaniyada ilk bor yangi texnologiya qo‘llanilib, 40 ming tonna og‘irlikdagi ko‘prik ustunlari gidravlika yordamida joyidan siljitildi. Bu haqda “Tagesschau”xabar berdi.

Maxsus amaliyot Rinsdorf vodiysidagi A45 avtomagistrali ustidan o‘tuvchi ko‘prikda o‘tkazildi. Injenerlar 70 metrli olti tayanch ustunni ikki santimetrga ko‘tarib, ular ostiga teflon plastinalar joylashtirishdi. Bu plastinalar podshipnik vazifasini bajardi va maxsus moylash vositalari hamda gidravlik presslar orqali butun konstruksiya aniqlik bilan siljitildi.

Qizig‘i, bu jarayonda ko‘prikning ikkinchi qismida avtotransport harakati to‘xtamagan — u oldindan yakunlangan edi va harakat davom etgan.

Ushbu usul Germaniyada birinchi marta qo‘llanildi va muhandislar bu texnologiya orqali kelajakda yana 60 ga yaqin eski ko‘prikni qisqa vaqtda va kamroq xarajat bilan ta’mirlash mumkinligini aytishmoqda.

A45 — Germaniyadagi eng muhim avtomagistrallardan biri bo‘lib, u orqali kuniga taxminan 60 ming avtomashina, jumladan ko‘plab yuk mashinalari harakatlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ilon Mask demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Ilon Mask demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin

    Ilon Mask va Tramp o‘rtasidagi keskin ochiq mojarodan so‘ng Vashingtonda siyosiy vaziyat keskin tus oldi.

    'Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:21

    Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi

    Hujum ortidan 4 kishi halok bo‘lib, 20 kishi yaralangan.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:09

    'Germaniya chegarasida rad etilganlar soni oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:07

    Germaniya chegarasida rad etilganlar soni oshmoqda

    Joriy yilning 8 may sanasidan to shu kunga qadar 3 278 nafar migrant Germaniyaga kirish huquqidan mahrum etilgan.

    'Fridrix Mers Trampni Yevropa bilan birgalikda Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:46

    Fridrix Mers Trampni Yevropa bilan birgalikda Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

    Mersning so‘zlariga ko‘ra, u va Tramp urushga berayotgan baholarida yakdil va uni imkon qadar tezroq tugatish yo‘llarini izlashmoqda.

    'Hindistonda noma’lum yirtqich odamlarga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 05.06.2025 17:15

    Hindistonda noma’lum yirtqich odamlarga hujum qildi

    Hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.