“NBC News” manbalariga ko‘ra, Mask ilgari Respublikachilar partiyasiga yo‘naltirilgan moliyaviy ko‘makni “to‘liq to‘xtatgan”.
“Hamma narsa to‘xtadi”, — degan Mask maslahatchilaridan biri. — “Agar kerak bo‘lsa, u demokratlarni qo‘llaydi. Albatta qo‘llaydi.”
Demokratik partiyaning ismi oshkor etilmagan vakili bu holatni “haqiqiy bayram”, — deb atadi.
NBC vaziyatni quyidagicha tavsiflaydi:
“Respublikachilar hozir ajrashayotgan ota-onasi orasida qolgan bolalarga o‘xshab qolishdi — bu ajralish o‘ta og‘ir kechmoqda.”
Tramp va Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik oldida yuz berdi. Tramp Maskni “aqldan ozgan” deb atadi va elektr avtomobillar uchun subsidiyalarni bekor qilganini aytib o‘tdi.
Mask esa Trampni prezidentlikka saylanishida yordam berganini eslatib, hatto yangi siyosiy partiya tuzishni taklif qildi.
“Qanday noshukrlik!” — deb yozdi "Tesla"rahbari.
Bu mojaro fond bozorida ham aks etdi — Mask va Tramp bilan bog‘liq kompaniyalar aksiyalari birdaniga arzonlashdi.