AsosiyJamiyat

AQSH O‘zbekiston suv resurslariga qiziqish bildirmoqda

AQSH Geologiya xizmati O‘zbekistondagi daryolarning suv rejimini o‘rganish uchun pudratchilarni jalb qilmoqchi.

'AQSH O‘zbekiston suv resurslariga qiziqish bildirmoqda'ning rasmi

E’lon qilingan tender shartlariga ko‘ra, AQSH Davlat departamenti tarkibiga kiruvchi Geologiya xizmati O‘zbekistonda ikkita loyihani amalga oshirish uchun pudratchilar izlamoqda. 

 Birinchisi – “O‘zbekiston yer usti suvlari va qor qoplami tahlili” va ushbu mavzuda raqamli axborot bazasi yaratishni nazarda tutadi. Aytilishicha, loyiha “sel oqimlari xavfini baholashga qaratilgan”.  

 Ikkinchi loyiha — Qashqadaryo daryosi qaysi manbaalardan to‘yinishi, jarayonning mavsumiy dinamikasini o‘rganishga qaratilgan.

Hujjatga ko‘ra, ushbu ikki loyiha ham “O‘zbekiston hukumatining suv manbaalarini baholash bo‘yicha ilmiy-texnik salohiyatini oshirishga” qaratilgan. 

Markaziy Osiyoda suv resurslari muammosi juda keskin va ushbu vaziyatdan AQSH Rossiya va Xitoyni jilovlash strategiyasining bir qismi sifatida foydalanib, mintaqada yangi “siyosiy ta’sir dastagi”ni qo‘lga kiritishi mumkin, dedi RTga bergan intervyusida Xalqaro gumanitar va siyosiy tadqiqotlar instituti eksperti Vladimir Bruter. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun qator hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:17

    'Xorijiy davlatlar prezidentlari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llamoqda'ning rasmi

    Jamiyat 06.06.2025 20:34

    Xorijiy davlatlar prezidentlari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llamoqda

    Muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda. Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat bildirgan holda, yurtimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga qat’iy intilishlarini ta’kidlamoqdalar. Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev; Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov; Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon; Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov; Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov; Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev; Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev; Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi; Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an; Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon; Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon; Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum; Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon; Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon; Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh; Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy; Qatar Davlati Amiri o‘rinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad bin Halif Ol Soniy; O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq; Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II; Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun; Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos; Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha; Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev; Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim; Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Majid Xon; Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda. Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 06.06.2025 09:30

    Toshkentda ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.06.2025 23:30

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.06.2025 23:03

    'Prezident mamlakat aholisini Qurbon hayiti bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 05.06.2025 19:13

    Prezident mamlakat aholisini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Ushbu bayram Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlar bilan uyg‘un ekani alohida qayd etildi.